date

Andijonda haydovchi uxlab qolishi natijasida YTH sodir bo‘ldi

Andijonda haydovchi uxlab qolishi natijasida YTH sodir bo‘ldi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida haydovchi uxlab qolishi oqibatida avtomobillar to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, voqea 23 oktyabr kuni soat 13:15 atrofida Oltinko‘l tumani “Oqtepa” mahallasi hududidan o‘tgan D-105 “Farg‘ona halqa yo‘li”ning 132-kilometrida yuz bergan.

1990-yilda tug‘ilgan haydovchi V.M. o‘zining Nexia-3 avtomashinasi boshqarib ketayotib uxlab qolgan va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, o‘z yo‘nalishida kelayotgan Nexia bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Nexia-3 ning bir nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda haydovchi uxlab qolishi natijasida YTH sodir bo‘ldi