17:56 / 05.01.2017
7 475

“Yoshlar qanoti” loyihalari doirasida 35 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi

“Yoshlar qanoti” loyihalari doirasida 35 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi

Yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda faol ishtirok etadigan, Vatanga sadoqatli yigit-qizlarni tarbiyalash, yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va yoshlar bandligini ta’minlash hamda iqtidorli yoshlarning ijodiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash O‘zLiDePning asosiy vazifalaridandir.

Mazkur maqsad va vazifalarni hayotga tadbiq etishda partiya “Yoshlar qanoti” tomonidan 2016 yilda qator tizimli ishlar amalga oshirildi. Xususan:
  • Partiviy dastur va maqsadlardan kelib chiqib, joylarda yil davomida 3 786 ta tadbirlar, uchrashuvlar hamda partiyaviy loyihalar o‘tkazildi;
  • O‘tkazilgan tadbir va loyihalarda 456 540 nafarga yaqin kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, talaba yoshlar va partiya faollari qamrab olindi;
  • “Diplom bilan biznesga-2016” loyihasi doirasida 2 712 nafar bitiruvchilarga tijorat banklari tomonidan 25 mlrd. 569 mln. so‘m miqdorida kreditlar ajratildi. 2010-2016 yillar davomida mazkur loyiha doirasida 6 712 nafar yoshlarga 47 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilib, o‘z tadbirkorligini boshlash uchun imkoniyat yaratib berildi.
  • “Ishbilarmon talaba - 2016” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichiga yo‘llanma olgan 42 nafar yoshlar partiyaning maxsus stipendiyasi sovrindori bo‘lishdi. Shu kunga qadar loyiha doirasida 280 nafar yoshlar O‘zLiDePning maxsus stipendisini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, loyiha doirasida ishtirok etgan 15 ming nafar yoshlar o‘zining kichik biznes, tadbirkorlik va fermerlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi;
  • Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oya ostida “Yosh tadbirkorlar va fermerlar” Forumi o‘tkazildi. 300 dan ziyod tadbirkor va fermer yoshlar ishtirok etgan mazkur Forumda tadbirkorlik va fermerlik sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha yoshlarning takliflari olindi;
  • “Yosh partiya etakchilari - kelajak kadrlari” loyihasi doirasida hududlarda o‘tkazilgan taqdimot tadbirlarida partiya kadrlar zahirasiga 950 nafar iqtidorli yoshlar jalb etildi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning saylovoldi dasturini keng aholi qatlami, ayniqsa yoshlar orasida targ‘ibot qilish maqsadida “Biz taraqqiyot va yorqin kelajak uchun ovoz beramiz!” nomli yoshlar aksiyasi hamda “Taraqqiyot bilimdoni”, “Kelajak bilimdoni” kabi viktorinalar tashkil etildi;
  • Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida O‘zbekistonda ilk bor krossfit sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi;
  • 2011-2016 yillar mobaynida “Yoshlar qanoti” loyihalari doirasida 35 ming yangi ish o‘rinlari yaratildi;
  • O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” tomonidan olib borilgan ishlar samarasi o‘laroq 2016 yilda partiya a’zolari orasida yoshlarning soni 161 mingdan oshdi ya’ni a’zolarning 49.6 foizini aynan yoshlar tashkil etmoqda (2016 yil oktyabr holatiga).

2017 yilda ham partiya “Yoshlar qanoti”ning 2017 yilga mo‘ljallangan Harakat dasturi ishlab chiqildi. Mazkur hujjatdan yosh tadbirkorlar uchun internet tizimidan mobil ilova ishlab chiqish, navqiron avlod vakillari murojaatlari bilan ishlash, “Mening shaxsiy kutubxonam”, “Yoshlar karvoni” madaniy-ma’rifiy loyihalarni tayyorlash, “Tengdoshdan tengdoshga” tamoyili asosida treninglar, erkin muloqotlar o‘tkazish va boshqa o‘nlab chora-tadbirlar o‘rin olgani diqqatga molik va bu boradagi sa’y-harakatlar joylarda boshlab yuborildi.
O‘zLiDeP matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Yoshlar qanoti” loyihalari doirasida 35 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi