Kanada fuqarosi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni tanqid qilgani uchun Turkiyada hibsga olindi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Kanada va Turkiya fuqaroligiga ega 50 yoshli Isi Xiper 2016 yil 30 dekabr kuni Turkiya shimoli-sharqidagi Kars shahrida polisiya tomonidan qo‘lga olingan. Uning advokati so‘zlariga ko‘ra, hibs Xiper 28 dekabr kuni Facebook’da yozib qoldirgan izohlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. U o‘z izohlarida Erdo‘g‘onni «Turkiyaning IShID terrorchilarini qo‘llab-quvvatlashini isbotlovchi dalillarni keltirgan jurnalistlarni qamoqqa tiqish»da ayblagan edi.
Kanada tashqi ishlar vazirligi Xiperning hibsga olinganidan xabardor ekanligi va zarur konsullik ko‘magini ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi