
Facebook ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta” guruhida mashina o‘g‘rilari haqida navbatdagi post qoldirildi.
“Xayirli bo‘lmagan tong... Bu so‘nggi 1,5 oy ichida Darxonda sodir bo‘lgan uchinchi ana shunday holatdir. Tunda bu tumanda mashinangizni qoldirmang!”, deyiladi ushbu postda.
Unga g‘ildiraklari echib ketilgan oq rangli Spark rusumli avtomobil surati ilova qilingan, deb yozadi Kun.uz sayti.
Foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan izohlar turlicha. Ayrimlar yaqin o‘rtada mashinalarni qo‘yish joyi 24 soat qo‘riqlab turilishi, mana shunday noxushliklarga odamlarning o‘zlari sababchi bo‘lishini aytishgan. Yana bir foydalanuvchi bu hazilligini, haydovchining o‘zi g‘ildiraklarni echib qo‘yganini aytgan. O‘sha erda yaqin yashovchi yana bir foydalanuvchi esa, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari voqea joyiga etib kelishganini yozgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar