11:39 / 16.01.2017
8 163

Dubaydan hovli sotib olmoqchimisiz marhamat!

Dubaydan hovli sotib olmoqchimisiz marhamat!

Dubay so‘nggi o‘n yillikda shunday rivoj topdiki, bu borada hali unga etadigan shahar bo‘lmasa kerak. Sahro va dengiz uyg‘unligi kasb etgan bu go‘zal diyor butun dunyo xalqlarning o‘ziga ohanrabodek tortmoqda. Jahonning milliarderlari ham, yulduzlari ham, sportchiyu siyosatchilari ham shu erdan ko‘chmas mulk sotib olishgan va olishda davom etishmoqda.
Dubay allaqachon dunyoning eng yirik savdo va sayohat markazi nomini o‘ziniki qilib olgan. 2006 yilda Birlashgan arab amirliklarida o‘tkazilgan kimoshdi savdolarida mahalliy aholi etakchilikni o‘z qo‘llarida saqlashgandi. Ulardan keyingi o‘rinlarni Saudiya Arabistoni va Quvayt vakillari egallashgandi.
Oradan o‘n yil o‘tib, 2016 yilda bu ko‘rsatkichlar tamoman boshqacha ko‘rinish kasb etdi. Amirliklar er va ko‘chmas mulk boshqarmasi shanba kuni er va ko‘chmas mulk savdolari bo‘yicha yangi bayonotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Hindiston vakillari Dubaydan hovli va ko‘chmas mulk sotib olish bo‘yicha barchani ortda qoldirganliklari ma’lum bo‘ldi. Hind boylari Dubayda mulk sotib olish uchun 12 mlrd. dirxam (3,3 mlrd. dollar) pul sarfladilar. Ikkinchi o‘rin esa Buyuk Britaniya fuqarolariga nasib etdi. Ular hindlardan ikki barobar kam pul sarflashdi. Keyingi o‘rinlarni Pokiston, Xitoy, Kanada, Eron, Rossiya, AQSh va Fransiya davlatlari fuqarolari egalladilar.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk sotib olish uchun o‘tkazilgan kimoshdi savdolarida Yaqin Sharq va arab bo‘lmagan 136 mamlakatdan 42 ming kishi ishtirok etgan. Ular amirliklarda 259 mlrd. dirxam (71 mlrd dollar)lik mulk sotib olishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dubaydan hovli sotib olmoqchimisiz marhamat!