Gulnora Karimova shveysariyalik advokat bilan Toshkentda ko‘rishdi


Jenevalik advokat Greguar Manja Neue Zürcher Zeitung gazetasiga bergan intervyusida Gulnora Karimova bilan Toshkentda dekabr oyida ko‘rishganini aytib ilgari ayrim OAVda uning o‘limi haqida tarqalgan xabarlarni inkor etdi, deb xabar bermoqda Sof.uz.
«Men mandat olganimdan so‘ng Gulnora Karimova bilan o‘tgan yilning dekabrida Toshkentda ko‘rishdim», — dedi Manja.
Uning ta’kidlashicha, Gulnora Karimovaning salomatligi juda yaxshi holatda.
Gulnora o‘ziga nisbatan Shveysariyada ochilgan tergov ishi borasida izoh berishdan bosh tortgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…