date

8,7 mlrdlik soliq mojarosida inspektor qo‘lga tushdi

8,7 mlrdlik soliq mojarosida inspektor qo‘lga tushdi

Toshkentda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, Surxondaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyat mansabdorlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yangi tafsilotlar bilan boyidi. Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ko‘rilayotgan ushbu ish doirasida korxonaga qo‘shimcha soliq hisoblanishi va uning atrofidagi shubhali harakatlar alohida e’tiborga tushdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Toshkent shahar Soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan dastlabki taftish natijasida korxona zimmasiga 8,7 milliard so‘mlik qo‘shimcha soliq majburiyati yuklangan. Bu hisob-kitoblar sud jarayonida ham asosiy masala sifatida ko‘tarilgan.

15-sentyabr kuni sud korxonada qayta tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqargan. Shundan so‘ng, Soliq auditi bo‘limida faoliyat yurituvchi bosh inspektor korxona vakillariga “o‘z yordami”ni taklif qilgan: u tekshiruv davomida ana shu 8,7 mlrd so‘mlik soliqni bekor qilib berishini aytib, buni evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilgan va olgan.

Biroq inspektor va’da qilgan ishini bajara olmagan — qo‘shimcha soliqning barchasini bekor qilish unga muyassar bo‘lmagan. Shu bois u olgan pulni qaytarib berishga uringan. Ammo bu harakat uni qutqarmadi: DXX xodimlari inspektorni ashyoviy dalillar bilan qo‘lga oldi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, u “qamoq” ehtiyot chorasiga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mazkur voqea soliq tizimida shaffoflik va mas’uliyat masalalari yana bir bor jiddiy o‘rganilishi kerakligini ko‘rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » 8,7 mlrdlik soliq mojarosida inspektor qo‘lga tushdi