23:34 / 19.01.2017
8 480

«Turmush o‘rtog‘imni IShID terrorchisi, deb o‘ylamasdim»

«Turmush o‘rtog‘imni IShID terrorchisi, deb o‘ylamasdim»

Istanbuldagi tungi klubga hujum uyushtirishda gumon qilinayotgan Abdulqodir Masharipov «IShID» terrorchilik guruhi buyrug‘iga asosan hujum qilganligini aytdi, deb xabar bermoqda Hurriyet gazetasi.

“Men erimning terakt sodir etgani haqida televidenie orqali namoyish etilgan yangiliklar orqali xabar topdim. Turmush o‘rtog‘imning IShID terrorchisi, deb o‘ylamasdim. Uning IShID bilan aloqasi borligi hayolimga ham kelmagandi”, deydi Masharipovning rafiqasi suhbatda.Masharipovning barmoq izlari fojia joyidan olingan barmoq izlari bilan mos ekani aniqlandi. Oradan bir kun o‘tib, so‘roq qilish davomida Masharipov o‘z aybini tan oldi.

Shu bilan birga, terrorchining IShID bilan aloqador ekani, aynan ularning buyrug‘i asosida harakat qilgani, terakt uyushtirishdan avval Afg‘onistonda tayyorgarlikdan o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Masharipov haqida uning O‘zbekistonda 1983 yilda tug‘ilgani, 4 tilda bemalol gaplasha olishi, oilali, farzandli ekani borasidagi ma’lumotlar bor.

Terrorchining aytishicha, Reina tungi klubi terakt sodir etish, so‘ng o‘zi ham o‘lim topish uchun borgan. Ammo ma’lum sabablarga ko‘ra tirik qolgan. Uni 46 soat davomida izlayotganliklarini bilgan. Shu sababli bir necha bor berkinib yotgan joyini o‘zgartirgan.

Masharipov avvaliga turk tilida so‘roq qilindi. Biroq u turk tilini yaxshi bilmasligini aytdi. So‘roq qilish ingliz tilida, so‘ng rus tilida amalga oshirildi. Rus tilida savollarga javob bera olayotgani ma’lum bo‘lgach, Masharipov uzoq vaqt qator savollarga javob berishiga to‘g‘ri keldi.

Tergovchining “Eshik tagida turgan polisiyachiga nima sababdan o‘q uzding?”, degan savoliga, Masharipov “U polisiyachi menga qarata o‘q uzdi. Keyin ichkariga kirdi. Men ichkariga uni o‘ldirish uchun kira olmadim”, deb javob qaytardi.

Suhbat chog‘ida Masharipov 2015 yil Eronda soxta pasport bilan qo‘lga tushganini, 1 oy dvomida qamoqda ushlab turilganini aytib berdi.

«Yangi yil kuni kechasi menga bombani olib kelib berishi kerak bo‘lgan shaxs bilan uchrashdim. U menga bombaning yorug‘lik hamda kuchli ovoz generasiyasi mavjud ekanini aytdi. Shundan so‘ng, tunda 22:00 da Reina tungi klubi oldidan o‘tayotib, u erda baland musiqa eshitilayotganiga guvoh bo‘ldim. Uyga qaytib, bombani oldim. Keyin esa tungi klubga oldimga qo‘yilgan vazifani bajarish va o‘lim topish uchun bordim. Men ichkariga kirib bombani joylashtirib chiqdim. Odamlarga qarata o‘q uzdim. Bombaning portlayotganini ko‘rgach esa tashqariga yugurib chiqdim… Amalga oshirilgan teraktdan so‘ng, men 4-5 ta do‘stlarim bilan berkinib o‘tirdim. Bizni qidirishayotganini, katta xavf ostida ekanimizni bilardik», degan Masharipov.

Masharipov 36 soatdan buyon bir kishilik kamerada saqlanmoqda. U kim bilandir gaplashishni istamayapti va barcha ko‘rsatmalarini yozma ravishda bermoqda.

Istanbuldagi Reina tungi klubiga Yangi yil oqshomida qurolli hujum uyushtirilgan. Kalashnikov avtomati bilan qurollangan terrorchi klubni qo‘riqlayotgan polisiyachini otib o‘ldirgan va klubdagi odamlarga qarata o‘t ochgan. Turkiya IIV ma’lumotlariga muvofiq, ushbu terakt oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, 69 nafar shaxs yaralangan. Reyter agentligi «IShID» terrorchilik uyushmasi ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olganligini xabar qilgan edi.

Manba: sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Turmush o‘rtog‘imni IShID terrorchisi, deb o‘ylamasdim»