Hondurasda xo‘rozni qamab qo‘yishdi. Jonivor Truxilo shahrida istiqomat qiluvchi ikki qo‘shni o‘rtasidagi janjalga sabab bo‘lgan. Bu haqda Daily Mail nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Mojaro erkak o‘z hovlisida qo‘shnisining xo‘rozini ko‘rib qolgani tufayli boshlangan. Unga jonivor daraxtlarga chiqishga urinib, katta shovqin ko‘targani yoqmadi. Bu esa xo‘roz egasining g‘azabiga sabab bo‘ldi va erkaklar janjallashib ketgan. Ulardan biri boshqasini o‘ldirish bilan tahdid qilganda esa qo‘shnilar polisiyani chaqirishgan.
Voqea joyiga etib kelgan huquqni muhofaza qilish organi xodimlari bahslashganlarga e’tibor ham bermay, xo‘rozni tutib, qamoqxonaga olib ketishdi. Ular erkaklar yarashib olishgach, jonivorni qaytarib berishga va’da qilishdi.
Xo‘rozning panjara ortidagi suratlari Hondurasdagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Tasvirlardan birida polisiyachilar uning panjasiga maxsus yorliq osayotganliklarini ko‘rish mumkin. Boshqa bir kadrda esa uning qamoqxona kamerasida turgani tasvirlangan.
Avvalroq Shotlandiyaning Dandi shahrida polisiya yo‘l harakati qoidasini buzgan va yo‘lni ruxsat etilmagan joydan kesib o‘tayotgan tovuqni qo‘lga olgani haqida xabarlar tarqalgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi