17:48 / 28.01.2017
11 955

Anvar Obidjon 70 yoshini bolalar davrasida nishonladi

Anvar Obidjon 70 yoshini bolalar davrasida nishonladi

O‘zbek bolalar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyondasi, O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon qutlug‘ 70 yoshni qarshi oldi. Shoir yubileyini keng jamoatchilik, xususan, bolalar bilan nishonlamoqda, deb xabar bermoqda Qalampir.uz sayti.

Kecha, 27 yanvar kuni “Bilimdon”, “Dono Word”, “Znayka”, “Excellent” jurnallari tahririyati bilan hamkorlik qilib kelayotgan O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon tavalludining 70 yilligi munosabati bilan mazkur nashriyot tomonidan ham ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda jurnallar tahririyati a’zolari – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev, taniqli bolalar shoirasi Kavsar Turdieva, shuningdek, poytaxtimizdagi 90-umumta’lim maktabining o‘quvchilari, pedagogik jamoasi ishtirok etishdi.

Uchrashuvda shoir o‘zining hayoti va ijodi bilan bog‘liq yorqin xotiralar hamda bolalik yillarini ham yodga oldi. Tadbirda Anvar Obidjonga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ma’lumot uchun, Anvar Obidjon 1947 yilning 25 yanvarida Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. 1964 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand moliya texnikumida o‘qigan. 1981 yildan boshlab u Toshkentga kelib, “Yosh gvardiya” nashriyoti, “Yosh kuch”, “Mushtum” jurnallarida faoliyat ko‘rsatdi.

Shoirning “Bahromning hikoyalari”, “Olovjon va uning do‘stlari”, “Ey, yorug‘ dunyo”, “Ketmagil”, “Bezgakshamol”, “Masxaraboz bola”, “Juda qiziq voqea”, “Oltin yurakli avtobola”, “Dahshatli Meshpolvon” kabi she’riy va nasriy kitoblari chop etilgan. Ulardan tashqari, adibning “Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi”, “Pahlavonning o‘g‘irlanishi” kabi p’esalari sahna yuzini ko‘rgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Anvar Obidjon 70 yoshini bolalar davrasida nishonladi