Rossiya prezidenti Vladimir Putin kuni kecha turli sohalarda yuksak natijalarga erishgan bir guruh kishilarni Rossiyaning davlat mukofotlari bilan shaxsan taqdirladi. Mukofotlanganlar orasida mashhur yurak jarrohi Renpt Akchurin ham bor. U tibbiyot va jamiyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeniga loyiq ko‘rildi.
Dunyoning eng taniqli kardioxirurglaridan biri, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi, 1996 yili Rossiyaning sobiq Prezidenti Boris Elsinning yuragini muvaffaqiyatli operasiya qilib, olamga tanilgan Renat Akchurin iste’dodlarga boy ona yurtimiz – O‘zbekistonda tavallud topib, voyaga etganini hamma ham bilavermaydi. Asli andijonlik bo‘lgan, tibbiyot olamining eng buyuk darg‘alaridan biri hisoblanadigan Akchurin hayot taqozosi bilan Moskvaga ko‘chib o‘tgan va asosiy ilmiy hamda amaliy faoliyati u er bilan bog‘liq. Lekin Renat Suleymanovich hali ham o‘z tug‘ilib o‘sgan yurtiga, saxovatlarga boy O‘zbek tuprog‘iga, mehr-oqibatli halqimizning qaynoq taftiga chuqur ehtirom bilan qaraydi.
Bundan 8 yil muqaddam, 2008 yilning qahraton sovuq qishida, qo‘limda yuraklari kasal bo‘lgan otamning kardiogrammasi bilan Akchurin faoliyat ko‘rsatadigan Moskvadagi Kardiologiya Markazi eshigidan kirib borar ekanman, besh daqiqadadan so‘ng qabuliga kirishimi lozim bo‘lgan Akchurinni xayolan tasavvur qilishga urinardim. Bu darajadaki mashhur insonda albattaki u mashhurlikning ta’siri bo‘lishini va shu tufayli uzoq O‘zbekistondan kelgan bir yosh yigitga ortiqcha vaqt ayirib, o‘zi yo‘q kasalning tahlil qog‘ozlariga asosida batafsil konsultasiya berishga u qadar moyil bo‘lmasligi mumkinligini o‘ylardim. Qabulxonada o‘tirgan yordamchisi ichkariga kirishim mumkinligini aytgach, biroz hayajon bilan eshikni ochdim. Qarshimda yuzidan nur yog‘ilib turgan, manmanlikning ko‘chasidan ham o‘tmagan, jilmaygan holda menga keling deb, so‘rashgani qo‘l uzatgan Renat Akchurin turardi. Men unga o‘zimning O‘zbekistondan, Namangandan ekanimni, o‘zi vrach bo‘lgan otamning holati bo‘yicha maslahatga kelganimni aytgach, Renat Suleymanovich biroz O‘zbekiston haqida xotiralarga berildi. Yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangilanishlar haqida ko‘p ma’lumoti borligini, bundan benihoya xursand ekanini aytib, O‘zbekistonni jannatga bejiz qiyoslanmasligini, bu tuproqlarda yashayotgan insonlar naqadar baxtli ekanini ta’kidlab o‘tdi. Mening vodiydanligimni eshitib, demak hamshahar ekanmiz deyarli deb, xursand bo‘lib ketdi. Men olib borgan tibbiy tekshiruv qog‘ozlarini obdon o‘rganib chiqqach esa, kerakli xulosalarini va tavsiyalarini berdi...
1946 yili 2 aprelda Andijon shahrida ziyoli o‘qituvchilar oilasida dunyoga kelgan Renat Akchurin shu shaharda 1-sonli o‘rta maktabni tamomlaydi. 1964 yili esa Andijon Davlat Tibbiyot Institutiga o‘qishga kiradi. Iste’dodli talaba o‘qish yillarida ham yangi fikrlari, talabaga xos bo‘lmagan tibbiy va ilmiy salohiyati bilan ajrab turadi. 1968 yildan boshlab esa, Moskva shahridagi Sechenov nomidagi Birinchi Tibbiyot Institutida davom etadi. O‘sha paytda poytaxt Moskva ilm-fan va tibbiyot yangiliklarini amaliyotga joriy etilganlik darajasi bo‘yicha Andijondan ancha yuqori bo‘lgan va Renat Akchurin ham tibbiyotga oid fikrlarini o‘z g‘oyalarini amalda sinab ko‘rish imkoni kengroq bo‘lgan Moskvani tanlaydi. Lekin u o‘sha paytda bir kun kelib, tug‘ilib o‘sgan yurti uning uchun xorij bo‘lishini ham xayoliga keltirmagan bo‘lsa kerak.
1971 yili oliygohni tamomlagan Renat Akchurin, 1975 yilga qadar Moskvadagi shifoxonalarda jarroh bo‘lib ishlab, o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda sinab, o‘z malakasini oshirib bordi. 1975 yili esa Sobiq ittifoq Tibbiyot Fanlar Akademiyasi qoshidagi Xirurgiya ilmiy markaziga kichik ilmiy xodim bo‘lib ishga boshlaydi. 1978 yili esa mikroxirurgiya sohasida nomzodlik ishini yoqlaydi. 1984 yildan boshlab, yurak xirurgiyasi bilan jiddiy shug‘ullanishga boshlaydi. O‘sha yili AQShning Xyuston shahrida joylashgan mashhur xirurg Maykl Debeyki klinikasida amaliyot o‘tab qaytadi. Olgan bilimlarini mustahkamlab, 1985 yili doktorlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli ravishda yoqlaydi. 1991 yilan boshlab esa yurak-tomir xururgiyasi mutaxassisligi professori unvoniga ega. Hozirgi kunda Moskvadagi Myasnikov nomidagi Kardiologiya markazida faoliyat olib borayotgan Renat Akchurin 1982 yil sobiq ittifoq Davlat mukofoti hamda 2001 yil Rossiya Davlat mukofoti laureati, Hurmat ordeni, uchinchi darajali Burgut ordeni, Peru hukumati tomonidan berilgan Komandor ordeni hamda Zotari Interneshnl nodavlat notijorat tashkilotining Pol Xarris nomidagi halqaro ordeni nishondoridir.
Renat Akchurin faoliyatining eng yuqori nuqtasi – 1996 yili 5 noyabrda Rossiyaning sobiq Prezidenti Boris Nikolaevich Elsinning yuragini operasiya qilgan olimlar guruhiga rahbarlik qilganidir. Yurak tomirlarining kesib, ulanishi o‘sha paytgacha Rossiyada tibbiyotida ham keng yo‘lga qo‘yilmagan edi. Biroq o‘zining keskin va vatanparvar xarakteri bilan ajrab turuvchi Boris Elsin xorijga borib, operasiya qildirishdan ko‘ra, o‘z yuragini rus tibbiyoti vakillariga ishonishni afzal ko‘rdi. Uzoq fikrlashuvlardan so‘ng operasiya qiluvchi xirurgning nomi ma’lum bo‘ldi - Renat Akchurin. Maslahatchi sifatida esa Akchurinning eski ustozi va qadrdoni amerikalik Maykl Debeki tayinlandi. Tibbiyotda Aorto-koronar ulash iborasi bilan ifodalanadigan bunday jarrohlik operasiyalari natijalari tahliliga ko‘ra, uning o‘lim bilan yakunlanish ehtimoli 2-3 foizdan oshmaydi. Lekin kardioxirurg tig‘i ostida Rossiyadek ulkan davlatning Prezidenti yotganini hisobga olinganda, bu foizlar katta ahamiyat kasb etadi.
Shu tufayli Elsinning operasiya qilinishi to‘g‘risidagi xabarning o‘zi dunyo fond birjalarini ost-ust qilib yubordi. Halqaro hamjamiyat Moskvadan keladigan operasiya yakuni to‘g‘risidagi xabarni kutib, dunyoning 1996 yil 5 noyabrdan keyin qanday bo‘lishi mumkinligining bashorati bilan mashg‘ul edi. Muvaffaqiyatsiz operasiya nafaqat Rossiyada, balki u orqali Evropada va dunyoda xaos keltirib chiqarishi mumkin edi. Olti soat davom etgan bu mo‘’jizaviy amaliyot kutilganidan ham yaxshi natija bilan yakunlandi. 6 noyabr kuni ertalab esa Boris Elsin operasiya vaqtida Viktor Chernomirdinga yuklatilgan Prezidentlik vakolatlarini o‘ziga qaytarib olish to‘g‘risida qarorga imzo chekkandi....
Manba: Vodiymedia.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi