
Samarqandda gaz o‘g‘rilik voqeasi aniqlandi. “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va mahalliy gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbiri natijasida, Samarqand shahridagi “Dukchiyon” MFYda joylashgan choyxona o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi.
Tadbirda aniqlanishicha, mazkur qoidabuzarlik oqibatida gaz ta’minoti korxonasiga keltirilgan zarar 556,8 million so‘mni tashkil etgan. Bu mablag‘ dastlabki hisob-kitoblar asosida hisoblangan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushbu holat bo‘yicha tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda va mas’ul shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi rejalashtirilgan.
Ushbu voqea nafaqat gaz ta'minot tizimiga zarar yetkazgan, balki hududda qonunbuzarlikka qarshi kurashishning dolzarbligini yana bir bor ko‘rsatdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.