30 yanvar – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning tavallud topgan kuni munosabati bilan Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda ehson dasturxoni yozilib, osh tarqatildi. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov nafaqat odil va adolat davlat rahbari, balki butun dunyo tan olgan buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekistonning yangi tarixi asosichisi, hurriyat, ilm-fan va bunyodkorlik, tinchlik rahnamosi edi.
Islom Karimov rahbarligi davrida O‘zbekiston misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishdi. Paxtasi bilan tilga tushgan agrar mamlakat iqtisodiyoti, ishlab chiqarishi, ma’naviyatli yoshlari, ko‘plab sohalardagi yutuqlari bilan jahonga yuz tutdi. Eng tez rivojlanayotgan va eng tinch mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi. Buning ortida ham Islom Karimov olib borgan odilona siyosat, uning donishmandligi, uzoqni ko‘zlab ish qilishi yotibdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bugun Islom Karimov boshlab bergan buyuk kelajak yo‘li uning izdoshlari, shogirdlari tomonidan munosib davom ettirilyapti. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi restoranlarda yozilgan ehson dasturxonalari atrofida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov yodga olinib, uning ezgu amallari, xalq farovonligi, yurt tinchligi uchun chekkan zahmatlari haqida suhbatlar bo‘ldi.
Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilish uchun Samarqandga borgani haqida xabar bergan edik. Davlat rahbari Toshkent va Samarqanddagi ehson marosimlarida ishtirok etdi. Unda Islom Karimov haqiga Qur’on tilovat qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi