
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kanada Bosh vaziri Per Jeyms Tryudoga Kvebek shahrida sodir etilgan terrochilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lganligi munosabati bilan samimiy ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabariga tayanib Qalampir.uz sayti yozmoqda.
Davlatrahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohat olganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini etkazib qo‘yishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, 29 yanvar kuni Kanadaning Kvebek shahridagi Islom madaniyat markazidagi masjidda otishma sodir etilgandi. Oqibatda 6 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi. 39 kishi otishmadan omon chiqqan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar