08:47 / 03.02.2017
6 010

Qozog‘iston bankidan milliardlab dollar mablag‘ o‘g‘irlagan oligarx tergovga chaqirildi

Qozog‘iston bankidan milliardlab dollar mablag‘ o‘g‘irlagan oligarx tergovga chaqirildi

Siyosiy va iqtisodiy masala bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan qozog‘istonlik oligarx Muxtor Ablyazov Fransiyada qo‘lga olinganligi haqida xabar bergan edik. Aslida 2013 yilda qo‘lga olingan Muxtor Ablyazov o‘ziga tegishli bankning katta miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda.

Muxtor Ablyazov unga qo‘yilayotgan ayblovni inkor etgan holda bunga Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning “tuzog‘i”, deb izoh bergan. 2016 yil dekabr oyida Fransiya hukumati uni Qozog‘istonga emas, Rossiyaga jo‘natish istagida edi, ammo bu ham amalga oshmadi.

Qozog‘istonlik tergovchilar OAV orqali sobiq BTA Banki rahbari Muxtor Ablyazov va uning sheriklarini tergov jarayoniga chaqirishmoqda. Bu haqda "RIA Novosti"ga tayanib Qalampir.uz xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi Ablyazov tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlarni isbotlovchi dalillarni aniqlagan.

“Muxtor Ablyazov va uning sheriklari tomonidan bankdan o‘marilgan pul mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi tizim topildi”, deyiladi byuro tomonidan berilgan xabarda.

Aniqlangan dalillar Ablyazovni Qozog‘iston hududidagi va mamlakat tashqarisidagi bir qator guruhlar bilan birgalikda firibgarlik jinoyatini amalga oshirganligini ko‘rsatdi. Ayni vaqtda Muxtor Ablyazov Qozog‘iston hududida bo‘lmaganligi uchun u OAV orqali so‘roq jarayoniga chaqirildi.

Xabarda keltirilishicha, Ablyazov 10 fevralga qadar etib kelishi kerak.

Ma’lumot uchun, Muxtor Ablyazov o‘zlashtirgan mablag‘ miqdori bir necha milliard dollarni tashkil etadi. Unga nisbatan 2009 yildayoq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shundan so‘ng, Ablyazov Evropaga qochib ketgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘iston bankidan milliardlab dollar mablag‘ o‘g‘irlagan oligarx tergovga chaqirildi