O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish doirasida Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishida olib borilayotgan qurilish ishlarini borib ko‘rdi. Bu haqda "Sputnik" nashri xabar qilmoqda.
Davlat rahbari qurilish ishlari bilan tanishar ekan, bu loyiha O‘zbekiston tarixida yagonaligini alohida ta’kidladi. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida bekatlar ustining yopiq bo‘lishi, poezdlar qatnovida uzilishlar bo‘lmasligi kerakligini qayd etib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, metropolitenning Sergeli yo‘nalishi avvalgilaridan farqli tarzda er ustidan o‘tadi. Qurilish ishlari 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan mazkur yo‘nalishning uzunligi 7,1 kilometrni tashkil etadi. U to‘liq ishga tushishi bilan bir yilda 14 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar