date

Elektron retsept cheklov emas, salomatligingiz polisi!

Elektron retsept cheklov emas, salomatligingiz polisi!

Ko‘pchilik elektron retseptni dori olishdagi to‘siq sifatida qabul qilmoqda. Aslida esa, retsept — bu bemorni himoya qilishning eng muhim vositasidir.

Sizni qanday himoyalaydi?

  • Noto‘g‘ri dozadan: yuqori dozali yoki uzoq davolashga mo‘ljallangan dorilar faqatgina shifokor nazorati ostida bo‘lishi kerak. Bu sizning asoratlardan himoyangizdir.
  • Ortiqcha doridan (polipragmaziya): elektron tizim shifokorga bir vaqtning o‘zida keraksiz ko‘p dori yozish imkoniyatini kamaytiradi. Ortiqcha dori – bu davolash emas, ko‘pincha zarardir.
  • Global xavfdan: nazoratsiz antibiotiklar sog‘liq uchun eng katta xavf — chidamli bakteriyalar sonini oshiradi. Elektron retsept tizimi aynan shu xavflarni kamaytirishga qaratilgan.

Tizim hozirda pilot tarzda sinovdan o‘tkazilmoqda. Mas’uliyatli yondashuv sifatida, bu sinov davrida kuzatilayotgan texnik va tashkiliy qiyinchiliklar aynan shu kamchiliklarni to‘liq aniqlab, bartaraf etish uchun xizmat qiladi. Bu, kelgusida butun mamlakat bo‘ylab tizimni xatarsiz joriy qilishning yagona yo‘lidir.

Elektron retseptlar tizimining joriy etilishi – bu O‘zbekiston tibbiyotining zamonaviy, xavfsiz va xalqaro standartlarga asoslangan yangi davrga qadam qo‘yganining yaqqol isbotidir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Elektron retsept cheklov emas, salomatligingiz polisi!