6 894
Qozog‘istonda ko‘chada pullar tarqatayotgan yigit 10 nafar polisiyachi qurshovida qoldi
28 yanvarda Olmaotada "Haqiqiy pullardan iborat kostyum bilan nima bo‘ladi?" ijtimoiy tajribasi ishtirokchisi Andrey Lobanov polisiyachilarning sinchkov nigohi ostiga tushdi. Bu haqda Kazday nashriga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Uning aytishicha, polisiyachilar undan bu aksiyani o‘tkazishga ruxsati borligi haqida so‘rashgan va uni sektantlik yoki qalbaki pullar yasashda gumon qilishgan. Ular pullarni tekshirishmagan va suhbatdan keyin yigitni qo‘yib yuborishgan.
"Ular hech qanday ayblov qo‘yishmadi. Polisiyachilar yonimga kelishda, ehtimol ularni bu holat – bir yigit turib, pul tarqatayotgani juda ajablantirgan bo‘lsa kerak. Natijada uchta patrul – 9 kishi yonimda to‘planib oldi va yana kapitan ham keldi. Kapitan bu tashviqot qoidabuzarligiga o‘xshab ketayotgani va bizdan buni bas qilishni so‘radi. Biz iltimosga ko‘ra suratga olishni to‘xtatdik", deb aytmoqda Lobanov.
Pullar tarqatilishi videoga olingan va yigitlarning ushlanishi ham kameraga muhrlanib qolgan.
Olmaota ichki ishlar departamentida polisiyachilar harakatlariga ular departament tarkibiga kirmasliklari sabab izoh bera olmasliklari ma’lum qilingan. Qozog‘iston ichki ishlar vazirligida esa Olmaota ichki ishlar departamentiga murojaat qilish tavsiya qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar