Yangiyo‘lda yuk mashinasi avtobus bilan to‘qnashdi

Yangiyo‘l tumanida 13 dekabr kuni soat taxminan 16:30 larda XCMG yuk mashinasi Isuzu avtobusining orqa yon qismiga urildi. YTH M-34 “Toshkent–Dushanbe” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Avtobusdagi 2 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi, ularning ahvoli yaxshi. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yuk mashinasi va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH bugun, 13 dekabr kuni soat taxminan 16:30 larda Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi M-34 “Toshkent–Dushanbe” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 1984-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi XCMG yuk mashinasi bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Isuzu avtobusning orqa yon qismiga urilib ketgan.
YTH oqibatida avtobusda bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchiga tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi ekani bildirildi.
Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.































Izohlar 0
…