06:30 / 08.02.2017
5 891

O‘sh shahrida marshrutkalardan voz kechilmoqda

O‘sh shahrida marshrutkalardan voz kechilmoqda

O‘sh shahrida yo‘nalishli mikroavtobuslar soni qisqartirilmoqda. Bu haqda O‘sh hokimi Aytmamat Qodirboyev aholi bilan bo‘lgan uchrashuvda ma’lum qilgan, deb yozadi «Kun» nashri.

2016 yilning oxiriga kelib O‘shga 30 ta yangi zamonaviy avtobus keltirildi. Shu sababli shaharda ba’zi marshrutkalar yo‘nalishlari bekor qilinib, ular o‘rniga soat 6.30 dan 21.00 gacha avtobuslar qatnashni boshladi.

"Shuningdek, 23 ta trolleybus olib kelinishi kutilmoqda. Trolleybuslar kelishi bilan yo‘nalishli mikroavtobuslar soni qisqaradi. Buning barchasi aholini jamoat transporti xizmati bilan to‘liq ta’minlash maqsadida qilinmoqda", deb aytdi Qodirboyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘sh shahrida marshrutkalardan voz kechilmoqda