
Hindistonning Mumbay shahrida tabiat himoyachisi Somnat Mxatre kobra bilan selfiga tushish vaqtida uning chaqishidan halok bo‘ldi. O‘smir kobrani boshidan o‘pmoqchi bo‘lgan. Bu haqda «Daily Mirror»ga tayanib «Kun» xabar berdi.
O‘smir volontyor bo‘lib, ilonlarni qutqarish va parvarishlash bilan shug‘ullangan. 18 yoshli o‘smir yuzlab ilonlarni o‘limdan saqlab qolgan, biroq o‘zini ulardan saqlay olmadi.

O‘smirning tanishi aytishicha, Mxatre avtomobil g‘ildiragi ostida topilgan kobrani xavfsiz joyga etkazishi kerak bo‘lgan. Ilon qutqarilgandan keyin, yigit uni yuzi yoniga olib kelib, boshidan o‘pib selfiga tushmoqchi bo‘lganda ilon uning ko‘kragidan chaqib olgan.

O‘smir tezda shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar 5 kun davomida uning hayoti uchun kurashganlar, biroq o‘smir vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar