06:57 / 09.02.2017
7 566

Vegetarianlar go‘sht eydiganlarga nisbatan ko‘proq yashashi ma’lum bo‘ldi

Vegetarianlar go‘sht eydiganlarga nisbatan ko‘proq yashashi ma’lum bo‘ldi

AQShda oxirgi o‘tkazilgan tadqiqot vegetarianlarning go‘shtxo‘rlarga nisbatan o‘rtacha 12 yilga ko‘proq yashashini ko‘rsatgan. Nahotki gap faqat rasionda bo‘lsa?

Yo‘q, albatta. Sax Institute yirik tadqiqot markazi 6 yil davomida Avstraliyada yashovchi 260 000 kishining statistik ma’lumotlarini tekshirdi. Bu vaqt ichida 16 836 kishi tabiiy sabablarga ko‘ra hayotdan ko‘z yumgan. Institut mutaxassislari bu kishilarning turmush tarzini taqqoslab, kutilmagan xulosalarga kelishdi, deb yozmodqa Kun nashri.

Vegetarianlik uzoq umr ko‘rishga sabab bo‘la olmaydi.

U holda nima uchun aksariyat boshqa tadqiqotlar buning aksini ko‘rsatmoqda? Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, vegetarianlar odatda sog‘lom hayot tarziga rioya qilishadi. Ular sarxil meva va sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qilishadi, muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishadi, spirtli ichimliklarni kamroq ichishadi (yoki umuman ichishmaydi) va kamroq chekishadi.

Bularning barchasi hayot davomiyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan qanday xulosa kelib chiqadi? Vegetarianlik sizga qo‘shimcha umr hadya qilmaydi, biroq salomatlik borasidagi kompleks parvarish haqiqatda yordam berishi mumkin. Shunday ekan, go‘sht iste’moliga ehtiyotkorlik bilan yondashing, chekishni tashlang va sportzalga qarab olg‘a!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vegetarianlar go‘sht eydiganlarga nisbatan ko‘proq yashashi ma’lum bo‘ldi