14:50 / 10.02.2017
6 997

25 yil ichida Dushanbedan Toshkentga ilk parvoz amalga oshirildi

25 yil ichida Dushanbedan Toshkentga ilk parvoz amalga oshirildi

Bugun, 10 fevral kuni Dushanbedan Toshkentga texnik reys amalga oshirildi. Delegasiya tarkibi orasida Tojikiston avia sanoati rahbarlari bilan bir qatorda 20 nafar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ham Toshkentga uchib kelishdi. Bu haqda “RIA Novosti”ga asoslanib Qalampir.uz ma’lum qildi.

“Toshkent-Dushanbe-Toshkent yo‘nalishida aviaparvozning qayta tiklanishini O‘zbekiston va Tojikiston aholisi 25 yil kutgan edi. Ikki davlat rahbarlarining o‘zaro kelishuvi asosida bu aviaparvoz harakati tiklandi”, deydi Tomas Xalam.

“Somon Air” aviakompaniyasining Toshkentga uchadigan aviareysi 20 fevraldan muntazam ravishda amalga oshirilishi kutilmoqda. Yoz mavsumi boshlangunga qadar Dushanbedan haftaning har dushanba kuni Toshkentga parvoz qilish mumkin bo‘ladi. Mart oyi oxiridan reyslar sonini yana bittaga ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaparvoz 1992 yilda to‘xtatib qo‘yilgan edi. Dushanbe va Toshkent o‘rtasidagi samolyotlar harakatini tiklash haqida 2016 yil noyabr oyida kelishuv imzolangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 25 yil ichida Dushanbedan Toshkentga ilk parvoz amalga oshirildi