17:09 / 10.02.2017
10 305

Toshkentda dahshatli YTH ro‘y berdi, etti kishi halok bo‘lgan

Toshkentda dahshatli YTH ro‘y berdi, etti kishi halok bo‘lgan

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 1-shahar bolalar klinik kasalxonasi yaqinidagi chorrahada jiddiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sputnik” nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mast holatdagi yigitlar bo‘lgan Jizzax viloyatiga tegishli davlat raqamidagi "Matiz" mashinasi katta tezlikda kelib "Spark" bilan to‘qnashgan. Avtomobillar o‘sha lahzada yo‘l chetidan ketayotgan qizga urilgan.

Hodisa oqibatida "Matiz" ag‘darilgan, "Spark"ning esa old qismi deyarli yo‘q bo‘lib ketgan. Guvohlarning ta’kidlashicha, avtohalokat oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, ularning jasadlari 7-shahar klinik kasalxonasi o‘likxonasiga olib ketilgan.

O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi va tegishli boshqarmalar bu xabar borasida hech qanday izoh bermadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda dahshatli YTH ro‘y berdi, etti kishi halok bo‘lgan