Universitetimizdagi talabalar turar-joyining bog‘ qismida Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarini o‘qib o‘tirardim. Bir yigit yonimga kelib: “Qodiriy — yaxshi kitob. Men ham maza qilib o‘qiganman”, dedi. O‘sha paytda men bu yigitning ism-sharifini bilmasam ham, bir-ikki marta duch kelgandim. Biz bilan bir binoda turadi. Ko‘rinishidan koreyalik ekanligi bilinadi. Xullas, biz uchun chet ellik mehmon. Suhbat davomida u o‘zini Amir Temur deb tanishtirdi. Ochig‘i, boshida buni hazil, deb o‘yladim. Ayniqsa, hozirgi kunda qaysidir mamlakat yoki millatning mashhur san’atkorlariga taqlidan aytilayotgan ismlar sabab, bu ismni eshitib hayratlandim. Keyin biroz suhbatlashdik:
— Bilasizmi, O‘zbekiston juda ham betakror mamlakat, — deydi u to‘lqinlanib. — Yurtingizga kelganimda hech qayerda uchramaydigan o‘zgachalikni ko‘rdim. Va yana ko‘nglimga judayam yaqinligini his qildim. Tarixdan ma’lumki, yurtingiz bilan mamlakatimiz aloqalari qadimdan rivojlangan. Yurtimizda, ayniqsa, oilamizda tarixga, xususan, O‘zbekiston tarixiga hurmat juda ham kuchli. Ota-onamning tarixga qiziqishi va hurmati shu yurtga kelishimga sabab bo‘ldi…
Men O‘zbekistonga o‘zimni izlab kelganman… 1990 yilda Koreyaning Busan shahrida tug‘ilganman. Yillar o‘tib, esimni taniganimdan keyin, nima uchun menga o‘zbekcha ism qo‘yishganiga hayron bo‘lganman. To‘g‘risi, o‘sha paytlarda ismimning ma’nosini, menga aynan shu nom qo‘yilganining sababini bilmaganim uchun ba’zida koreyscha emasligidan jahlim ham chiqardi. Biroq yillar o‘tib Sohibqiron Amir Temurning hayoti, faoliyati, shonli tarixini o‘rgandim. Hozir ismim Amir Temur ekanligidan faxrlanaman. Menga buyuk sarkardaning nomi berilganligi faxr bilan birga mas’uliyat ham yuklaydi.
O‘zbekistonga kelib juda ko‘p do‘stlar orttirdim. Do‘stlarimning samimiyligi, o‘zbekona qarashlari o‘ziga tortadi meni…
O‘zbekistondan qaytib ketganimdan keyin eng katta maqsadim bu yurtga yana qaytib kelish bo‘ladi. Baribir o‘zbek xalqining tabiati, madaniyati, odamlari ko‘rsatgan mehribonchilikning xumori tutadi kishini. Yurtimga borganimda shu mamlakatda o‘rganganlarimni targ‘ib qilaman. O‘zbekistonga kelayotganimda qancha kishi menga havas bilan qaraganini bir tasavvur qilsangiz edi… O‘ylasam, o‘zimning ham o‘zimga havasim keladi!..
Shohsanam NIShONOVA yozib oldi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi