
Moskvada bo‘lib o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlari, sharbatlar va ular tayyorlanadigan xomashyolar namoyishiga bag‘ishlangan XXIV "Prodekspo-2017" xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etdi. Bu haqda "Sputnik" nashri xabar bermoqda.
Dunyoning 50dan ziyod davlatidan 2000dan ortiq firma va kompaniyalar qatnashgan ko‘rgazmada "Prodekspo-2017" ma’muriyati tomonidan tashkillashtirilgan XIX Chashnachilik va Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi Rosqishloqxo‘jaliknazorat tashkiloti bilan hamkorlikdagi "Eng yaxshi mahsulot-2017" tanlovi ham bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning vino mahsulotlari tanlovning oliy mukofoti — "Zvezda Prodekspo-2017" oliy nishoniga, 17 ta oltin, 6 ta kumush, 2 ta bronza medali va qator faxriy diplomlarga munosib deb topildi.
Shu bilan birga, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar xorijlik sheriklar bilan 82 million dollarlik shartnomalar imzoladilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing