
O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari aprelda mehnat migrasiyasi sohasida ikkita kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda "RIA Novosti"ga asoslanib "Sputnik" nashri yozmoqda.
"Aprelda mehnat migrasiyasi sohasida ikkita kelishuv imzolash rejalashtirilmoqda, hozirda matnlarni muvofiqlashtirish jarayoni ketmoqda", — dedi agentlik suhbatdoshi.
Xususan, Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini yuritish uchun O‘zbekiston fuqarolarini jalb etishni tashkillashtirish va ishga yollash bo‘yicha kelishuv imzolanishi kutilmoqda.
Ikkinchi kelishuvda esa ikki mamlakatning migrasiya sohasidagi vakolatli organlarining o‘zaro hamkorligi ko‘zda tutiladi.
Mehnat vazirligi vakilining aytishicha, hujjatlar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amalga oshiradigan tashrifi davomida imzolanishi rejalashtirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar