13:12 / 16.02.2017
6 127

O‘zbekiston navbatdagi muhim reytingda Osiyoda 36 o‘rinni egalladi

O‘zbekiston navbatdagi muhim reytingda Osiyoda 36 o‘rinni egalladi

Heritage Foundation tashkiloti dunyo mamlakatlarining erkin bozorga o‘tish mexanizmi hamda tarmoqlarning rivojlanishiga doir 2016 yil yakunlari va 2017 yilgi bashoratlari e’lon qildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Unda O‘zbekiston Osiyo qit’asidagi mamlakatlar ichida 36 o‘rinni egallagab, o‘tgan yilgidan 18 pog‘ona yuqorilagan.

Manbada muayyan sohalarda sezilarli rivojlanish bo‘lgani ta’kidlangan. Masalan, shaxsiy mulkka egalik qilish imkoniyatining o‘sish foizlari 2016 yil boshida 15 foiz bo‘lgan deyilsa, 2017 yilga kelib bu ko‘rsatkich 48 foizga etdi.

Mamlakatda davlat idoralari, tashkilotlar va hukumat bilan hamkorlik qilish imkoniyati 9 foizga ortgan, umumiy tarmoqlar bahosi 6,3 foizga ko‘paygan.

Shaxsiy daromadlar solig‘i 22 foizgacha bo‘lib, koperativ tadbirkorlik uchun solinadigan soliq 7,5 foizga tushirilgan. Bu o‘zgarishlar mamlakat iqtisodiyotida ijobiy o‘zgarishlar yasay olmoqda.

Hisobotda shuningdek, Gongkong, Singapur va Yangi Zelandiya dunyodagi eng erkin bozor va tarmoqlar rivojlanishiga ega, deb qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston navbatdagi muhim reytingda Osiyoda 36 o‘rinni egalladi