Yangi yil kuni YTH oqibatida bir ayol halok bo‘ldi

Yangi yil kuni YTH oqibatida bir ayol halok bo‘ldi

Yangi yil kuni YTH oqibatida bir ayol halok bo‘ldi

2025 yil 31 dekabr kuni Toshkent shahri Yashnobod tumani Mahtumquli ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, natijada ayol halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Hodisaga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan 20 yoshli J.R. Lacetti markasidagi avtomashinasini boshqarib ketar ekan, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 1991 yilda tug‘ilgan Y.N. ismli piyodani urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida piyoda olgan jarohatlari sababli hodisa joyida vafot etgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tergov boshqarmasi tomonidan mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar