20:31 / 17.02.2017
12 252

“Muhtasham yuz yil”ning bosh qahramoni uylanmoqda

“Muhtasham yuz yil”ning bosh qahramoni uylanmoqda

Aktyor Burak Ozchivit va aktrisa Faxriya Evjenning to‘yi joriy yilda bo‘lib o‘tadi.

Turk aktyori Burak Ozchivit hamkasbi Faxriya Evjenga turmush qurishni taklif qildi. Aktyorlar uch yillik ishqiy munosabatlardan so‘ng oila qurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar qiladi Qalampir.uz.

“Muhtasham yuz yil” teleserialida Balibey rolini ijro etgan mahoratli aktyor hamda Faxriya Evjenning to‘yi 2017 yilning o‘rtalarida bo‘lib o‘tishi aytilmoqda.

Yaqinda Burak Quvayt OAVlariga nikoh to‘yi yuzasidan bergan intervyusida Faxriyaga bo‘lgan munosabatlari haqida so‘z ochdi.

“Turk erkaklari ko‘p gapirishni yoqtirishmaydi. Men ham mustasno emasman. Faxriyaga bo‘lgan sevgimni so‘z bilan emas, amallarim bilan bildiraman. Muhabbat birinchi navbatda biz qiladigan amallardir...”

Jurnalistning “Faxriyaga taom tayyorlab berasizmi?”, degan savoliga aktyor “Men Faxriya uchun taom tayyorlamaganman, ovqat qilishni bilmayman. Otam juda pazanda. Biroq, agar u taom tayyorlab berishimni istasa, men unga egulik pishirib berish uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilaman”, deb javob qaytardi.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Burak Ozchivit 32 yoshda, Faxriya Evjen esa 30 yoshda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Muhtasham yuz yil”ning bosh qahramoni uylanmoqda