AQShning barcha prezidentlari reytingi tuzib chiqildi, Obama 12-o‘rinda


Amerikalik tarixchilar Barak Obamani AQShning barcha prezidentlari reytingida 12-o‘ringa munosib ko‘rishdi, deb yozadi Kun.uz. U Vudro Vilsondan keyingi o‘ringa joylashtirilgan. Birinchi uchlikka Avraam Linkoln, Jorj Vashington va Franklin Ruzvelt kiritilgan.
Ushbu reytingni tuzish bilan shug‘ullanuvchi C-SPAN telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Obama iqtisodiy boshqaruv sohasida yaxshiroq ko‘rsatkichga ega bo‘lgan. Bu borada u 8-natijani ko‘rsatgan. Oq uyning sobiq rahbari eng yomon natijani Kongress bilan hamda xalqaro munosabatlar sohasida namoyish etgan va tegishli ravishda 39, 24-o‘rinlarni egallagan.
Reyting AQSh etakchilari autsayderlari sifatida Jeyms Byukenen, Endryu Jonson va Franklin Pirsni qayd etgan.
Obamadan avvalgi prezident Jorj Bush kichik 43 nafar prezidentlar orasida 33-o‘ringa munosib ko‘rilgan. Tarixchilarning fikricha, Bush kichik o‘zini xalqaro munosabatlarda juda yomon namoyon etgan.
O‘ziga xos reytingni tuzishda Amerika etakchi universitetlarining 91 nafar tarixchi va boshqa mutaxassislari qatnashgan.































Izohlar 0
…