
Farg‘ona viloyati Buvayda tumani IIB navbatchilik qismiga Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi 1960 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o‘zining Damas rusumli avtomobili noma’lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini Qizil-Yulduz qishlog‘i hududida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma’lum bo‘lgan.
Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida avtomashinani olib qochganlikda gumonlanayotgan shaxs shu tumanda yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro bo‘lib chiqdi.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar