Ozarbayjon prezidenti rafiqasini vise-prezident etib tayinladi


Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev mamlakatning birinchi xonimi Mehribon Alievani respublikaning birinchi vise-prezidenti etib tayinladi, deb xabar qildi "Diydoraziz" sayti.
Ozarbayjon Konstitutsiyasiga muvofiq, prezident o‘z vazifasini bajara olmaydigan holatlarda, uning vazifa va vakolatlarini birinchi vise prezident o‘z zimmasiga oladi.
O‘tgan yilning sentyabr oyida Ozarbayjonda Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazilgan edi. Mamlakatning Bosh Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar prezidentlik muddatini besh yildan yetti yilgacha uzaytirish, vise-prezident lavozimi kiritish, shuningdek prezidentlikka va deputatlikka nomzodlar uchun yosh chegarasi kamaytirilishini nazarda tutadi.

Suratda Mehribon Alieva qizlari bilan.































Izohlar 0
…