9 275
Shavkat Mirziyoyev Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektorini mukofotladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 17 fevraldagi “Viktor Grishinni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori Viktor Ivanovich Grishin “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Orden va qimmatbaho sovg‘alar 21 fevral kuni Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining 110 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir davomida topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmatiga tayanib Qalampir.uz xabar qildi.
Viktor Grishin ta’lim sohasida o‘zbek-rus hamkorligini yuksaltirishga, ikki davlatning oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirishga, respublikaning iqtisod va moliya tizimida yuqori malakali kadrlar tayyorlashda qo‘shgan xizmatlari uchun “Do‘stlik” ordeniga loyiq ko‘rildi.
Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Majid Karimov so‘zga chiqib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:
“G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti o‘z tarixi davomida katta yo‘lni bosib o‘tdi va bugungi kunda yuqori malakali bitiruvchilari, zamonaviy ilmiy dasturlari, ilmiy-pedagogik jamoasi bilan ajralib turuvchi yirik zamonaviy universitetlardan sanaladi. Universitet ta’lim sohasida yuqori nufuzga ega. 1995 yilda Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali tashkil etildi va bu mamlakatimizdagi ilk xorijiy ta’lim muassasasi bo‘ldi. Universitet va shaxsan Viktor Ivanovich Grishin olim ta’lim maskanlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shayapti”. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar