
"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 20 fevraldan boshlab "Umra-2017" dasturi doirasida reyslarni amalga oshirishni boshladi, deb yozmoqda Sputnik nashri.
O‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiya Arabistonining Jidda shahriga Boeing-767 havo kemalarida etkaziladi.
Bu yil dastur doirasida Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 30ta reys amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, 5500 yo‘lovchi tashish rejalashtirilgan.
"Umra-2017" dasturini amalga oshirish maqsadida yo‘lovchilarga barcha sharoit va qulayliklarni yaratish uchun Milliy aviakompaniyaning malakali mutaxassislari jalb etilgan.
"Umra-2017" dasturi 11 aprelgacha davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar