12:33 / 25.02.2017
10 022

Toshkentda YPX xodimini haqorat qilgan ayol muhokamalarga sabab bo‘ldi (video)

Toshkentda YPX xodimini haqorat qilgan ayol muhokamalarga sabab bo‘ldi (video)

O‘zMTRKning «Toshkent» telekanalida efirga uzatiladigan «Poytaxt yo‘llarida» ko‘rsatuvida namoyish etilgan videolavha ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda, deya yozmoqda «Darakchi.uz».

Videoda yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimlari tomonidan to‘xtatilgan avtomashina haydovchisi mast va tegishli hujjatlarsiz ekani ma’lum bo‘lgan. Haydovchi o‘z ismini aytishdan bosh tortgan.

Shunda Spark ichida o‘tirgan yo‘lovchi ayollardan biri YPX xodimini haqorat qila boshlagan. Videolavhada aytilishicha, u YPX xodimining jetonini ham yulib olgan.

Videoda ayol bu holatni inkor etayotgan bo‘lsa-da, ichki ishlar bo‘limiga olib borilganidan so‘nggina YPX xodimining jetonini qaytarib bergani aytiladi.

Mazkur videorolik Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhiga joylanganidan so‘ng ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Aksariyat internet foydalanuvchilari YPX xodimiga qo‘pollik qilib, uni haqorat qilgan yo‘lovchini qoralamoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda YPX xodimini haqorat qilgan ayol muhokamalarga sabab bo‘ldi (video)