07:52 / 28.02.2017
8 716

Toshkentdagi yong‘in tafsilotlari oydinlashdi

Toshkentdagi yong‘in tafsilotlari oydinlashdi

Avvalroq, Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Biznes markazi binosining 8-qavatida yong‘in chiqqani haqida xabar bergan edik. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi mazkur yong‘in bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 17:30 da IIBB YoXB dispetcherlik xizmatiga Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 25-uyda joylashgan ma’muriy binoda yong‘in bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Soat 17:31 da ko‘rsatilgan manzilga 4 ta asosiy yong‘in o‘chirish bo‘linmalari va 2 ta maxsus avtonarvon yo‘llanilgan.

Yong‘in joyiga birinchi bo‘lib soat 17:34 da Yunusobod tumani yong‘indan muhofaza qiluvchi 18-HYoHQdan jangovar bo‘linmalaretib borgan vaqtda, biznes markazining 8-qavatidan qora tutun chiqayotgani ma’lum bo‘lgan.

Jangovar bo‘linmalar tomonidan ko‘rilgan chora va tezkor harakatlar natijasida, yong‘in soat 17:50 da qurshab olinib, soat 17:54 da butunlay o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida biznes markazining 8-qavatida joylashgan “Montaj qurilish xizmat” MChJga qarashli “Silver Water Gold Fish” MChJ tomonidan ijaraga olingan ofis xonasi, ichidagi jihozlari 20 kv metr maydonida hamda binoning 9-qavat deraza romi yong‘indan zarar ko‘rgan, deb yozadi Qalampir.uz.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida binodagi 18 nafar ishchi-xizmatchilar xavfsiz joyga olib chiqilib, yong‘indan zarar ko‘rmasligi ta’minlangan.

Yong‘in sabablari va keltirilgan zarar miqdorlari aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi yong‘in tafsilotlari oydinlashdi