
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 fevral kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinni qabul qildi. Bu haqda Qalampir yozmoqda.
Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatlarimizning zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro hamkorligi yuksak darajada ekanini alohida ta’kidladi.
Suhbat chog‘ida ekstremizm, terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sergey Narishkin qabul uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi va Prezident Vladimir Putinning ezgu tilaklarini etkazdi.
Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori davlatlarimiz xavfsizligini ta’minlash borasidagi dolzarb vazifalarni bajarishdagi o‘zaro hamkorlik darajasini yuqori baholadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar