
AQShning Oregon shtati Riddl shahridagi uylardan birida yuz bergan yong‘in 4 nafar bolaning umriga zomin bo‘ldi, deb yozmoqda Kun nashri.
Qayd etilishicha, yana 3 kishi turli darajada kuyish jarohatlarini olgan.
Okrug sherif boshqarmasi vakili Duglas Dues Hatsonning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lgan bolalarning yoshi 4 yoshdan 13 yoshgacha ekani aniqlangan. Uning qo‘shimcha qilishicha, jabrlanganlarning ahvoli og‘ir bo‘lib qolmoqda.
Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar