Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashagan fuqaro A.Malikovaning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 100 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasinining kuygan holdagi jasadi topilgan hamda kelini kuyish tan jarohati olgan holda shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro O‘.Mamatovning uyida elektr isitish moslamasidan foydalanilib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 120 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.
Shu kabi Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi fuqaro R.Eshmatovning uyida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 90 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.
Bulardan tashqari Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro I.Dmitriev uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi natijasida 2 kv. metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida uy egasi kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi