date

Fuqaro foydasiga ish haqidan qarzdorlik undirib berildi

Fuqaro foydasiga ish haqidan qarzdorlik undirib berildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 09.01.2026-yildagi ijro varaqasi asosida, qarzdor tashkilotdan undiruvchi fuqaro foydasiga ish haqini undirish bo‘yicha ijro ishi 20.01.2026-yilda Majburiy ijro byurosi ish yurituviga qabul qilingan.

Sud hujjatiga muvofiq, qarzdor tashkilotdan 67 511,2 ming so‘m ish haqi, 2 700,4 ming so‘m davlat boji va pochta xarajatlari,

jami 70 252,8 ming so‘m undirish belgilangan.

Qarzdorga qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun 5 kunlik muddat berilgan, biroq belgilangan muddatda to‘lov amalga oshirilmagan. Shundan so‘ng, qonunchilikka muvofiq majburiy ijro harakatlariga o‘tilgan.

Ijro jarayonida qarzdor tashkilotga tegishli:

• avtotransport vositasiga band qo‘yilib, qidiruv e’lon qilingan,

• bank hisob raqamlariga taqiq solingan.

MIB Shayxontohur tuman bo‘limi davlat ijrochisi N. Azamatov tomonidan tashkilot mol-mulki va avtotransport vositasini xatlash jarayonida, qarzdor tashkilot qarzni to‘lamaslikning iloji yo‘qligini anglab yetib, ish haqi qarzdorligini to‘liq to‘lab bergan.

Natijada, fuqaro o‘zining qonuniy ish haqini to‘liq oldi, ijro ishi esa Qonunning 41-moddasi 1-bandi asosida amalda bajarildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaro foydasiga ish haqidan qarzdorlik undirib berildi