
2017 yilning 27 fevral — 3 mart kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkasiya komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Sof.uz sayti.
Majlis davomida ikki davlatning Hukumat delegasiyalari tomonidan O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegaralarini demarkasiya qilishga oid hujjatlarni tayyorlash davom ettirildi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra 2017 yilning birinchi yarmida dala ishlarini o‘tkazish jadvali kelishildi.
O‘tgan yilning noyabr oyida ham ikki davlat Hukumat delegasiyalari o‘zaro uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing