Biz yashab turgan jamiyatda ilg‘or, har tomonlama o‘rnak bo‘la oladigan, faol ayollar juda. Ularning har biri o‘z faoliyati doirasida ulkan yutuqlarga erishib, mamlakat rivojiga katta hissa qo‘shib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, O‘zbekiston gimnastika federasiyasi prezidenti, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyaeva ana shunday ayollardan biri.
Jamoatchi 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasi orqali ayollarga tabrik yo‘lladi, deb yozmoqda «Qalampir» nashri.
Lola Karimova-Tillyaeva:
— Yangi texnologiyalar va ilm-fan taraqqiyoti tufayli zamonamiz jadal ravishda o‘zgarib borayotgan bir paytda, ayollarning jamiyatdagi o‘rni qanchalik o‘zgarganligi dolzarb mavzulardan biri bo‘lib kelmoqda.
Tobora ko‘proq ayollarimiz ilgari faqat erkaklar egallagan sohalarda faoliyat yuritib, katta muvaffaqiyat va yutuqlarga erishmoqdalar. Men bu o‘zgarishlarni insoniyat taraqqiyotining muhim omili, deb bilaman.
Dono, mehribon, munis, nazokatli, mehnatkash ayollar hayotning toji, mash’ali va ko‘rkidir.
Aziz ayollar, siz borliqning jon-tomirisiz, muhabbat, mehr-oqibat, va go‘zallik manbaisiz. Men barchangizni kirib kelayotgan 8 mart bayrami bilan chin ko‘ngildan muborakbod etaman.
Azizlarim, hayotingizda sizga va oilangizga hamisha baxt-saodat, sog‘lik, tinchlik-xotirjamlik, mehr-oqibat va qut-baraka hamroh bo‘lishini tilab qolaman. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi