16:51 / 09.03.2017
16 561

46 yoshli ayolni qotili 2001 yilda tug‘ilgan, 9-sinf o‘quvchisi ekanligi aniqlandi

46 yoshli ayolni qotili 2001 yilda tug‘ilgan, 9-sinf o‘quvchisi ekanligi aniqlandi
Joriy yilning 6 mart kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida noma’lum shaxs Farobiy 17-berk ko‘chasida yashagan, 1971 yilda tug‘ilgan ayolning uyiga kirib, uni tanasining turli joylariga o‘tkir tig‘li jism bilan urib jarohat etkazib voqea joyidan yashiringan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Natijada jabrlanuvchi turli tan jarohatlari bilan qo‘shni ayolning uyiga yordam so‘rab chiqib, shu erda joni uzilgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida ushbu qotillik jinoyatini Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan, 9-sinf o‘quvchisi sodir etganligi aniqlanib, u qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur mudhish jinoyatning sabablarini aniqlash yuzasidan tezkor- tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)