12:03 / 13.03.2017
10 893

Plastik kartochkadan 55 million so‘m pulni umargan ayol qo‘lga olindi

Plastik kartochkadan 55 million so‘m pulni umargan ayol qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida noma’lum ayol “Qo‘yliq” avtobuslar shoh bekatida Mirobod tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan ayolning plastik kartochkalaridagi pul mablag‘larini naqdlashtirib berishni aytgan va aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib hisobida 19 million va 42 million puli bo‘lgan 2 dona plastik kartochkalarini olgan va jami 61 million so‘mdan 6 million so‘mini naqdlashtirib bergan, qolgan 55 million so‘m pulini firibgarlik yo‘li bilan olib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida ushbu firibgarlik jinoyatini Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan va qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Plastik kartochkadan 55 million so‘m pulni umargan ayol qo‘lga olindi