BAAga uch nafar ayolni fohishalikka yuborishga uringan shaxslar ushlandi

Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida uch nafar ayolni Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) fohishalik qilish maqsadida yuborayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi, deb yozmoqda Qalampir nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, Surxondaryolik ikki ayol chet elda ishlash istagida bo‘lgan ayollarni aldash yo‘li bilan ularni shahvoniy ekspluatatsiya qilish orqali noqonuniy daromad topishni rejalashtirgan.
Jinoiy rejaga muvofiq, ular uch nafar ayolni fohishalik qilish uchun BAAga yuborishni va’da qilgan. 2026 yil 4 fevral kuni “Toshkent-Sharja” reysi uchun 700 AQSH dollari evaziga aviachipta rasmiylashtirgan, shuningdek, kelgusida ko‘rsatiladigan xizmat uchun 1000 AQSH dollari talab qilingani aniqlangan.
Tezkor tadbirda ushbu shaxslar Boysun tumanida joylashgan “Darband” yo‘l-patrul maskanidan dalil-ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!