Rossiyalik polvon 312 tonnalik port kranini joyidan siljitdi

Rossiyalik polvon 312 tonnalik port kranini joyidan siljitdi
Rossiyalik polvon 312 tonnalik port kranini joyidan siljitdi

Rossiyaning Uzoq Sharq o‘lkasining pauerlifting va og‘ir atletika bo‘yicha chempioni Ivan Savkin 19 mart kuni og‘irligi 312 tonna keladigan port kranini joyidan siljita oldi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Sportchining aytishicha, u kranni ikkinchi urinishda 1,5 metrga siljita olgan.

Ushbu aksiya Primorye o‘lkasining Livadiya posyolkasidagi kemalarni ta’mirlash zavodi hududida o‘tgan. Zavod xodimlari, mahalliy aholi va jurnalistlar rekordning o‘rnatilishi guvohi bo‘ldilar.

Savkin yoshligini Qrimning Yaltasida o‘tkazgan.

"Yalta yaqinida Livadiya posyolkasi bor. Bizning rekord Primoryening shu nomdagi posyolkasida o‘rnatilgani o‘ziga xos voqea bo‘ldi", deb aytgan Savkin.

Savkin o‘z faoliyati davomida ko‘p tonnalik aerobus, parom, teplovoz, "Osa" zenit-raketa majmuasi, T-34 va T-54B tanklarini joyidan siljita olgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar