date

Farg‘onadagi bog‘chada bolani tok urdi: rasmiy ma’lumot

Farg‘onadagi bog‘chada bolani tok urdi: rasmiy ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Farg‘ona shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachilarning mas’uliyatsizligi oqibatida bola tok urushiga duch keldi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, 18 fevral kuni Farg‘ona shahridagi bog‘chada tarbiyalanuvchi R.A. (2020 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) muassasa hududidagi transformatorlar o‘rnatilgan maxsus yerto‘laning ustki darchasidan yiqilib, yuqori tok urishi natijasida tan jarohati olgan va shifoxonaga olib kelingan.

Hozirda bolaning olgan jarohati yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Mazkur holat bo‘yicha Farg‘ona shahar IIB tergov bo‘limi tergovgacha tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Bolalar ombudsmani bolaning qonuniy manfaatlari himoya qilinishi uchun kuzatuv va nazoratni davom ettirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onadagi bog‘chada bolani tok urdi: rasmiy ma’lumot