Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarbaev Toshkent bilan iqtisodiy hamkorlik kengayib borayotganligini qayd etdi, deb yozadi Sof.uz sayti.
"Biz muzokaralarimizni kechayoq boshlab yuborganmiz, chegaralarni ochish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilgani, o‘zaro savdo keskin oshgani haqida gaplashdik. Yangi mahsulot turlari paydo bo‘lmoqda. Bugun ulkan biznes-forum bo‘lib o‘tadi, har ikki tomondan 500 biznesmen qatnashadi. Menga aytishlaricha, deyarli bir milliard dollarlik 75 shartnoma imzolanadi, bu tariximizda ilk marta bo‘ladi", — dedi Nazarboyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi chog‘ida.
Uning aytishicha, keyingi besh oyda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi 30 foizga oshgan.
"Biz Sizni judayam kutgandik, o‘zbek xalqi Sizni saylanganligi bilan qutlaymiz. Qozog‘iston xalqi farovonlik, to‘kin-sochinlik tilaydi. Kelajakda ham iqtisodiy va madaniy-gumanitar masalalarda O‘zbekiston va Sizga jiddiy suyanamiz. Tashrifingiz muvaffaqiyatli o‘tishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi", — dedi Qozog‘iston etakchisi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»