16:53 / 23.03.2017
5 482

O‘zbekiston va Qozog‘iston hozircha 92 ta kelishuvni imzoladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston hozircha 92 ta kelishuvni imzoladi
Qozog‘istonlik tadbirkorlar o‘zbekistonlik hamkasblariga Xitoy va Rossiya bozorini milliy mahsulotlar bilan to‘ldirishni taklif qilishdi. Bu haqda “Qalampir” sayti xabar berdi.

"Atameken" tadbirkorlar milliy palatasi boshqarma boshlig‘i Nurjan Altaev bergan ma’lumotga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekistonda qozog‘istonliklar ishtirokida 230 ta, Qozog‘istonda esa 130 ta korxona va zavodlar faoliyat yuritadi. Altaev o‘zbek tadbirkorlariga Rossiya va Xitoy bozorini milliy mahsulotlar bilan to‘ldirishni taklif qildi.

Eslatib o‘tish kerak, Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga qilgan ilk tashrifi doirasida 840 million dollarlik 92 ta kelishuv imzolandi. Bugungi biznes-forumda yana 94 million dollarlik 10 ta hujjat imzolanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Qozog‘iston hozircha 92 ta kelishuvni imzoladi